Rossiyada koronavirusga chalinganlar 155 ming kishidan oshdi

23:03 05 May 2020 Dunyo
1070 0

Rossiyada soʻnggi bir sutka ichida 10 102 kishida koronavirus aniqlanib, kasallanganlarning umumiy soni 155 370 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Kasallikka qarshi kurash boʻyicha tezkor shtab.

Unga koʻra, soʻnggi sutkada mamlakat boʻylab 1 770 nafar bemor tuzalgan, 95 kishi vafot etgan. Koronavirusga chalinganlarning qariyb yarmida kasallik belgilari kuzatilmagani taʼkidlangan.

Poytaxt kasallanganlar soni boʻyicha ham birinchi oʻrinda turibdi.

Umumiy hisobda Rossiyada 1 451 kishi vafot etgan, 19 865 nafari sogʻaygan. Mamlakatda qatorasiga 3 kundan beri har sutkada 10 mingdan ortiq kishida koronavirus aniqlanmoqda. 3-may kuni 10 633 ta holat aniqlangandi, 4-may kuni esa yana 10 581 kishida koronavirus qayd etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер