Rossiya Jo Baydenga qarshi sanksiyalar kiritdi
Foto: AP
Rossiya AQSH prezidenti Jo Bayden va AQSHning boshqa bir qator yuqori martabali amaldorlariga qarshi shaxsiy sanksiyalar kiritdi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Ular orasida Davlat kotibi Entoni Blinken, Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns, Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki, Xalqaro taraqqiyot agentligi rahbari Samanta Pauer, Mudofaa vaziri Lloyd Ostin bor. Shuningdek, ushbu roʻyxatga Baydenning oʻgʻli Xanter Bayden ham kiritilgan.
Xabardan kelib chiqqan holda, gap Rossiyaga kirishni taqiqlash haqida ketmoqda.
“Bu qarshi reaksiya sifatida va Rossiyaning yuqori martabali amaldorlarining AQSHga kirishini taqiqlovchi bir qator misli koʻrilmagan sanksiyalarga javob sifatida qabul qilingan”, deyiladi manbada.
25-fevral kuni AQSH Rossiyaning Ukrainaga boshlagan “maxsus harbiy operatsiya” ortidan Rossiya prezidenti Vladimir Putin, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va boshqa yuqori martabali amaldorlarga nisbatan sanksiyalar qoʻllagan edi. Sanksiyalar aktivlarni muzlatish bilan birga, Oq uyga koʻra, ushbu roʻyxatga kiritilgan shaxslarning Qoʻshma Shtatlarga kirishini ham taqiqlanishini ham anglatadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring