Rossiya viloyatlaridan birida patent bilan ishlovchi migrantlarga 43 ta yoʻnalishda ishlash taqiqlandi

10:34 11 Mart 2026 Dunyo
648 0

Rossiyaning Kemerovo viloyatida chet el fuqarolari ishlashi taqiqlangan yoʻnalishlar roʻyxati 43 tagacha kengaytirildi. Bu haqda TASS tegishli qarorga tayanib xabar bermoqda.

Hujjatda shunday deyilgan:

“Kemerovo viloyati — Kuzbass hududida faoliyat yurituvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun 2026-yilga patent asosida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi chet el fuqarolarini Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha umumrossiya klassifikatorida (OK 029-2014) nazarda tutilgan quyidagi faoliyat turlariga jalb qilish taqiqlansin”.

Roʻyxatga oʻgʻitlar va dori-darmon vositalari ishlab chiqarish, yengil va yuk avtomobillari savdosi, suyuq yoqilgʻi ishlab chiqarish, rudalarni qazib olish, yashash joyi bilan taʼminlangan holda tibbiy parvarish qilish va boshqa iqtisodiy faoliyat turlari kiritilgan.

Tegishli qaror Kuzbass gubernatori Ilya Seredyuk tomonidan imzolangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер