Rossiya va Xitoy Tehronga siyosiy va boshqa yoʻllar bilan yordam beryapti — Aroqchi

14:19 06 Mart 2026 Dunyo
683 0

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Rossiya va Xitoy mamlakatga siyosiy va boshqa yoʻllar bilan yordam koʻrsatayotganini maʼlum qildi. U bu haqida “NBC News” telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtgan.

Abbos Aroqchi Xitoy va Rossiya ushbu mojaro fonida Eronga qanday yordam berayotgani haqidagi savolga javoban harbiy hamkorlik kabi masalalar yashirin emasligini taʼkidladi.

“Eron va Osiyo mamlakatlari, shuningdek, Eron va Rossiya oʻrtasidagi harbiy hamkorlik sir emas. Biz avval ham birga ishlaganmiz va hozir ham hamkorlikni davom ettiryapmiz. Menimcha, bu hamkorlik kelgusida ham davom etadi”, — degan Aroqchi.

Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya va Xitoy Tehronga nafaqat siyosiy, balki boshqa shakllarda ham yordam koʻrsatmoqda. Biroq vazir urush davom etayotgan bir paytda yordamning aniq tafsilotlarini ochiqlashni istamasligini maʼlum qildi.

Avvalroq, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov rasmiy Tehron Moskvaga harbiy yordam boʻyicha murojaat qilmaganini aytgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер