Rossiya tashqi ishlar vaziri Toshkentda oʻqituvchilar va talabalar qarshisida nutq soʻzlaydi

15:30 27 Dekabr 2019 Siyosat
1665 0

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 2020-yil 12-13-yanvar kunlari Oʻzbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda RF TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova maʼlum qildi, deb yozadi TASS.

Uning qayd etishicha, tashqi ishlar vazirini Oʻzbekiston Prezidenti qabul qilishi kutilmoqda. Oʻz navbatida ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtadi.

Zaxarovaning soʻzlariga koʻra, muloqot chogʻida ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarning barcha jabhalari koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan. 
“Rossiya Prezidentining 2018-yil 18-oktyabr kuni Oʻzbekistonga qilgan tashrifi doirasida erishilgan shartnomalar, kelishuvlarning bajarilishi, shuningdek, 2020-yilga belgilangan yuksak va yuqori darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik koʻrishga alohida eʼtibor qaratiladi“, — dedi Zaxarova.

U ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari oʻrtasidagi 2020-2021-yillarga moʻljallangan dastur imzolanishi rejalashtirilganini ham maʼlum qildi. Ushbu hujjatda tashqi siyosatning asosiy koʻp tomonlama va mintaqaviy yoʻnalishlariga nisbatan yondashuvlar va harakatlarning oʻzaro muvofiqligini tekshirib olish nazarda tutilgan. “Bunday oʻzaro aloqalar strategik sheriklik va hamkorlik munosabatlarining ishonchli darajasini oʻzida aks ettiradi“, — dedi diplomat.

Zaxarova Sergey Lavrov RF TIV MDXAI(MGIMO)ning Toshkent filiali professor-oʻqituvchilari jamoasi va talabalar oldida nutq soʻzlashini ham qoʻshimcha qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер