Rossiya Prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi oʻrinbosari Oʻzbekistonga keldi

09:49 15 Aprel 2026 Siyosat
240 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi oʻrinbosari Sergey Kiriyenko tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, tashrif doirasida bugun, 15-aprel kuni yuqori martabali mehmon Oʻzbekiston Respublikasi oliy rahbariyatining qabulida boʻladi.

“Mamlakatlarimiz yetakchilarining siyosiy irodasi va birgalikdagi saʼy-harakatlari tufayli Oʻzbekiston — Rossiya munosabatlari strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida izchil rivojlanib, yangi amaliy mazmun bilan boyib bormoqda”, deb yozadi Prezident matbuot kotibi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер