Rossiya oliy oʻquv yurtlarida tahsil olayotgan oʻzbekistonliklar soni aniqlandi

04:23 05 Dekabr 2021 Dunyo
1200 0

Rossiya xorijlik talabalar uyushmasi prezidenti Vishal Sharma Rossiya oliy oʻquv yurtlari va ularning filiallarida 43 mingga yaqin Oʻzbekiston fuqarosi tahsil olishini maʼlum qildi, deb xabar berdi Sputnik.

Sharmaning soʻzlariga koʻra, oʻzbeklar uyushmadagi eng faol talabalardan biri.

Rossiyada oʻzbekistonlik talabalar oʻqishdan tashqari ilmiy, madaniy tadbirlarda qatnashadi, uzoq xorijdan kelgan talabalarga rus tilini oʻrganishga yordam beradi. Bu yerdagi Oʻzbekiston fuqarolariga koʻp jihatdan, albatta, Rossiya bilan umumiy tarix, mentalitetning oʻxshashligi yordam beradi, – deydi Vishal.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер