Rossiya xavfsizlik xizmati rahbari Ukrainani yana teraktda aybladi

17:09 24 May 2024 Dunyo
473 0

Arxiv surat

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) rahbari Aleksandr Bortnikov Moskva yaqinidagi «Crocus City Hall» konsert zaliga uyushtirilgan qonli hujumda Ukraina harbiy razvedkasi bevosita ishtirok etganini maʼlum qildi.

Bu haqda «TASS» axborot agentligi xabar bermoqda. Rossiya bu kabi ayblovlarni ilgari ham bildirgan. Ammo Bortnikov oʻz fikrini tasdiqlovchi dalillar keltirgani yoʻq.

«Tergov davom etmoqda, biroq hozirdanoq aytish mumkinki, Ukraina harbiy razvedkasi ushbu hujumda bevosita ishtirok etgan», — deya Bortnikovning soʻzlaridan iqtibos keltirgan axborot agentligi.

FXX rahbari, shuningdek, NATO harbiy alyansini Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Afgʻonistondagi xalqaro terroristik tashkilotlarning yollanma askarlarini Ukrainaga olib oʻtishda ayblagan. Bortnikovga koʻra, ular Rossiya kuchlariga qarshi jang olib borishlari mumkin.

«Crocus City Hall»dagi teraktni ISHID guruhi oʻz zimmasiga olgandi. Ukraina esa bu xunrezlikda aloqasi yoʻqligini bir necha marotaba takrorlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер