“Rosaviatsiya” MDH davlatlari bilan aviaqatnovlarni tiklashni taklif etmoqda
“Rosaviatsiya” rahbari Aleksandir Neradko mamlakat bosh vaziri oʻrinbosari Tatyana Golikova maʼmuriyati va “Rospotrebnadzor”ga shu boʻyicha xat yoʻlladi. Uning fikricha, MDH davlatlari bilan aviaqatnovlarni qayta tiklash ishlarini boshlash kerak. Bu haqda “Kommersant” nashri maʼlum qildi.
Neradkoning aytishicha, MDH mamlakatlari bilan aviaqatnovlarni qayta yoʻlga qoʻyish flotning yuklanish darajasini tubdan oʻzgartiradi, Yevropaga parvozlarni ochish esa yana-da mantiqliroq boʻlardi.
Biroq hozirgi pandemiya sharoitida boshqa mamlakatlarda rossiyalik turistlarni qabul qilishadimi-yoʻqmi, bu savolga aniqlik kiritilmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring