Ronaldinyoni Paragvayda 6 oy hibsda qoldirishadi
Braziliyalik afsonaviy futbolchi Ronaldinyo Paragvayga soxta pasport bilan kirgani uchun hibsga olingani haqida xabar bergan edik.
Sud shu boʻyicha qaror chiqardi. Qayd etilishicha, “Barselona”ning sobiq oʻyinchisi tergov hibsxonasiga joylashtirilgan. U olti oy qamoqda qoladi. Bu haqda Globo Esporte xabar berdi.
Braziliya va Paragvay oʻrtasida ekstraditsiya qilish boʻyicha kelishuv yoʻqligi sababli, afsonaviy futbolchi olti oy davomida hibsda saqlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring