Romitanda qiymati 1,5 mln dollarlik yangi biznes loyiha amalga oshirildi

11:14 10 Aprel 2023 Iqtisodiyot
843 0

Foto: Xalq so'zi

Romitan tumanining “Alisher Navoiy” mahallasi hududida xorijdan keltirilgan zamonaviy texnologiya asosida ishlovchi asfalt – beton zavodi qurilib, foydalanishga topshirildi.

“Romegranate bulding” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilgan bu loyihaning umumiy qiymati 1,5 million AQSH dollariga teng. Bu mablag‘ning salmoqli qismi moliyaviy muassasa tomonidan kredit sifatida ajratildi.

Korxona bir kunda ming tonnadan ziyod asfalt tayyorlash quvvatiga ega. Yo‘l xo‘jaligi uchun kerakli bu ashyo Romitanning shu mahsulotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bilan bir qatorda boshqa shahar va tumanlarga ham yetkazib beriladi. Yana bir muhim jihati, yangi biznes loyihaning ro‘yobga chiqishi tufayli 20 nafar mahalliy yosh doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi.

Istam IBROHIMOV, “Xalq so‘zi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер