“Roma” isteʼfoga chiqarilgan Joze Mourino oʻrniga yangi murabbiy tayinladi

00:02 17 Yanvar 2024 Sport
656 0

Foto: AP

Italiyaning “Roma” klubining sobiq futbolchisi Daniyele De Rossi jamoa bosh murabbiyi lavozimini egalladi.

Klub matbuot xizmati xabariga koʻra, 40 yoshli mutaxassis bilan tuzilgan shartnoma joriy yilning 30-iyuniga qadar amal qiladi.

Shu tariqa De Rossi seshanba kuni isteʼfoga chiqqan 60 yoshli Joze Mourinoning oʻrnini egalladi.

“Roma”dagi 18-yillik futbolchilik faoliyatidan soʻng De Rossi Argentinaning “Boka Xuniors” jamoasiga oʻtdi va u yerda qisqa vaqt oʻtkazdi. Keyin esa murabbiylik faoliyatini boshladi. 2022-yilda u Italiyaning SPAL jamoasini boshqardi.

“Roma” tarkibida De Rossi ikki marta Italiya kubogi va bir marta Superkubogini qoʻlga kiritgan. “Boka Xuniors” bilan Argentina chempioni boʻlgan.

Italiya terma jamoasi tarkibida 2006-yilda jahon chempionatida gʻolib chiqqandi.

“Roma” ayni paytda Italiya chempionatining turnir jadvalida 9-oʻrinni egallab turibdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер