“Robinzon Kruzo” va uning turmush oʻrtogʻi ham koronavirusni yuqtirib olgani maʼlum boʻldi

07:32 12 Mart 2020 Dunyo
1475 0

AQSHlik mashhur aktyor, “Forest Gamp”, “Oddiy askar Rayanni qutqarish”, “Qochqin”(“Robinzon Kruzo” filmining zamonaviy talqini), “Gudzondagi moʻjiza” kabi buyuk kinoasarlarda bosh rolni ijro etgan Tom Xenks oʻzi va turmush oʻrtogʻi Rita Uilson koronavirusga chalinganini maʼlum qildi.

“Salom doʻstlar. Rita bilan biz hozir Avstraliyadamiz. Biz oʻzimizni xorgʻin, shamollagandek his qildik, yana tanada ogʻriq paydo boʻldi. Ritaning vaqti-vaqti bilan eti uvishyapti. Hozir zarur boʻlganidek, hammasi toʻgʻri boʻlishi uchun bizni koronavirusga tekshirishdi, natija ijobiy boʻlib chiqdi”, — deb yozadi Gollivud yulduzi Tvitterdagi sahifasida.

Maʼlumot uchun, kecha JSST yangi koronavirus tarqalishi pandemiya darajasiga yetganini eʼlon qilgandi.

Bugunga kelib dunyodagi 100dan ortiq davlatda 120 mingga yaqin kishi ushbu kasallikni yuqtirib olgan. Ulardan koʻpchiligi sogʻayib ketgan boʻlsa-da, 4 mingdan ziyod inson hayotdan koʻz yumdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер