Rivojlangan mamlakatlar orasida koronavirusdan eng koʻp zarar koʻrgan davlat maʼlum boʻldi

12:24 28 Avgust 2020 Dunyo
999 0

Buyuk Britaniya koronavirus pandemiyasidan eng koʻp zarar koʻrgan mamlakat deb topildi.

Ushbu maʼlumot Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) tomonidan taqdim etildi. Unga joriy yilning ikkinchi choragida Buyuk Britaniya yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish 20,4 foizga pasaygan.

Umuman, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga aʼzo 37 mamlakati iqtisodiyoti avvalgi uch oyga nisbatan 9,8 foizga qisqargan va kuzatuvlar tarixidagi eng keskin pasayish sifatida qayd etilgan.

Izohlanishicha, koʻrsatkichlar koronavirusning tarqalishini oldini olishga qaratilgan cheklov choralari fonida tushib ketgan. Bu koʻrsatkich 2008-yilda kuzatilgan jahon moliyaviy inqirozi davridagidan ham yuqori.

Oʻshanda pasayish 2,3 foizni tashkil etgan.

IHTTga 1961-yilda asos solingan va unga 37 ta mamlakat aʼzo boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер