Rieltorlik faoliyatining huquqiy asoslari takomillashtirilmoqda
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq soʻzi”
Senatning yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama qilindi.
Mamlakatimizdagi koʻchmas mulk bozori soʻnggi yillarda jadal surʼatlar bilan rivojlanmoqda, yangi turar joy massivlari barpo etilmoqda, ipoteka bozori kengaymoqda, investitsiyaviy faollik ortib bormoqda. Shu bilan birga, bozorda norasmiy vositachilarning koʻpayishi, “yashirin iqtisodiyot”ning saqlanib qolishi va ayrim hollarda fuqarolarning huquqlari buzilishi kabi salbiy holatlar ham uchramoqda.
Yalpi majlisda senatorlar rieltorlik faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning zamonaviy tendensiyalar va qonunchilikdagi oʻzgarishlarga muvofiqligini qayta koʻrib chiqish zarurati yuzaga kelayotganini taʼkidladilar.
Mazkur Qonunda rieltorlik faoliyatining asosiy prinsiplari belgilanmoqda, bu qonuniylik, xolislik, halollik, axborot maxfiyligi va manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslikni oʻz ichiga oladi. Ushbu qoidalar orqali har bir rieltor yoki koʻchmas mulk agenti oʻz mijoziga halol xizmat koʻrsatish, uning ishonchini oqlash majburiyatini oladi.
Rieltorlar professional jamoat birlashmalarining sohaga kirib kelishi – ushbu Qonun bilan kiritilayotgan normalarning muhim jihatlaridan biridir, yaʼni Qonunda jamoat birlashmalari oʻzini oʻzi boshqarishning asosiy mexanizmlaridan biri sifatida belgilanmoqda. Ular sertifikatlar beradi, rieltorlarning malakasini baholaydi va ularning kasbiy xulq-atvori ustidan nazorat olib boradi.
Senatorlar oʻz chiqishlarida qayd etganidek, Qonunning asosiy maqsadlari – biznesning “soyadan” chiqishini ragʻbatlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, legal biznes yuritishning nufuzini oshirish, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishga keng jamoatchilikni jalb qilishdir.
Shuningdek, yalpi majlis davomida senatorlar mazkur Qonun koʻchmas mulk bozori ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga, shuningdek, isteʼmolchilar huquqlarini samarali himoyalashga xizmat qilishini taʼkidladi.
Muhokama yakunida Qonun maʼqullandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Senator tomonidan mahallalarda tomorqachilik va bogʻdorchilikni rivojlantirish ishlari oʻrganildi
- Yosh parlament aʼzolari forumida barqaror taraqqiyot va global hamkorlik masalalari koʻrib chiqildi
- Senator talaba qizlar bilan davlat xizmatida ayollar ishtirokini kengaytirish masalasini muhokama qildi
- Sudyalar oliy kengashi tarkibini saylash masalasi koʻrib chiqildi
- Senat qoʻmitasida kiberxavfsizlik va jinoyatchilikka qarshi yangi choralar koʻrib chiqilmoqda
- Pedagoglarga ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatishda 50 foiz chegirma beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring