Respublikachilar Trampning prezidentlikka nomzodini rasman tasdiqlashdi

11:11 25 Avgust 2020 Dunyo
961 0

Kecha AQSH Respublikachilar partiyasining umumxalq qurultoyi boʻlib oʻtdi. Unda Oq uyning amaldagi rahbari Donald Tramp noyabr oyida tashkil etiladigan saylovda mamlakat prezidentligiga va Maykl Pens vitse-prezidentlikka nomzod sifatida bir ovozdan tasdiqlandi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Shunday qilib, AQSHda kelgusi toʻrt yil uchun prezident va vitse-prezidentlar nomzodlari juftligi rasman maʼlum boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, 18-avgust kuni Demokratlar partiyasi oʻz syezdida bu borada Jozef Bayden va Kamali Xariis nomzodlarini ilgari surgan edi.

Saylovlar 3-noyabr kuni oʻtkaziladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер