Respublika boʻyicha 922 ta sogʻlomlashtirish maydonchalari faoliyat koʻrsatmoqda

12:02 07 Dekabr 2023 Jamiyat
398 0

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Kasaba uyushmalari federatsiyasi axborot xizmati rahbari Muhabbat Oʻrmonbekova maʼlum qildi.

Samarasiz faoliyat olib borayotgan yoki sotuvga qoʻyilgan jami 79 ta oromgoh Kasaba uyushmalari tizimiga oʻtkazildi.

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan tizimda mavjud boʻlgan 25 ta va Federatsiya tizimiga yangi oʻtkazilgan 75 ta bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida joriy yilgi mavsum oldidan katta koʻlamdagi taʼmirlash va tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, Federatsiya tizimiga oʻtkazilgan bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlaridan 14 tasi yangidan qurilmoqda, yana bir qator oromgohlar toʻliq qayta rekonstruksiya qilinmoqda.

Bugungi kungacha statsionar turdagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida 133 ming 497 nafar, sogʻlomlashtirish maydonchalarida esa 139 ming 447 nafar, jami 272 ming 944 nafar bola sogʻlomlashtirildi. Ushbu koʻrsatkich mavsum davomidagi umumiy rejaga nisbatan 87,9 % foizni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер