Toshkentda poyezd vagonlari izdan chiqib ketdi
Foto: Bosh prokuratura
Toshkentda harakatlanayotgan poyezd vagonlari izdan chiqib ketdi.Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ xabar berdi.
Bugun soat 11:53larda Toshkent shahridagi Hamza stansiyaning birinchi yo‘lida 2101-sonli yuk poyezdi jo‘natilayotgan paytida 3ta bo‘sh vagon izdan chiqqan.
Bosh prokuratura xabariga ko'ra, 2023 yil 11 mart kuni soat 12:05 larda “Qo‘qon-To‘qimachi-Aris” (Qozog‘iston) yo‘nalishidagi yuk poyezdi, tarkibida jami 51 ta xar-xil turdagi bo‘sh vagonlar bilan harakatlanayotgan vaqtida, Yashnobod tumanidagi “Xamza-Toshkent tovar” temir yo‘l bekatlari oralig‘ida ushbu poyezd tarkibidagi 3 ta vagon temir yo‘l izidan chiqib ketgan.
Voqea natijasida tan jarohati olgan shaxslar mavjud emas.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring