Rektorlarga oʻz tizimidagi lavozimlarga talabani ishga joylashtirishga ruxsat etiladi
Foto: president.uz
Talabalar bandligini taʼminlashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha quyidagi shart-sharoitlar yaratiladi:
— OTMlar hududida pullik oʻquv kurslari, sport toʻgaraklari va boshqa xizmatlarni tashkil etgan talabalar daromad soligʻidan ozod qilinadi;
— talabalarning oliygohlar hududidagi loyihalari uchun kredit resurslari ajratiladi;
— rektorlar bir oy muddatda oʻz hududida talabalar boʻsh vaqtida ishlab, daromad topishi uchun bittadan kovorking markazini tashkil etadi.
Rektorlar oldiga oliygohlardagi boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi lavozimlari boʻyicha mavjud vakant joylarga 3 mingdan ziyod talabani ishga olish vazifasi qoʻyildi.
Misol uchun, Toshkent tibbiyot akademiyasida 70 nafar talaba ish yurituvchi, kafedra laboranti, kutubxonachi, omborchi kabi lavozimlarda ishlamoqda.
Hozir oliygohlardagi koʻp lavozimlarga oliy maʼlumot boʻlishi talab etiladi. Shu bois, istisno tariqasida, rektorlarga oʻz tizimidagi lavozimlarga talabani bilim va salohiyatidan kelib chiqib ishga joylashtirishga ruxsat etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring