“Real Madrid” ochko yoʻqotdi
Kecha, 10-aprel kuni Ispaniya La Ligasining 31-turidan oʻrin olgan bahslar start oldi. Kun doirasida tashkil etilgan yagona bahsda “Real Madrid” klubi oʻz maydonida “Jirona”ni qabul qildi.
Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Bahsda hisob 51-daqiqada mezbonlar tomonidan ochildi. “Real Madrid”ning ushbu oʻyindagi yagona goliga Federiko Valverde mualliflik qildi.
62-daqiqada esa mehmonlar hisobni tenglashtirishni uddaladilar. Golga jamoaning fransiyalik futbolchisi Tomas Lemar mualliflik qildi.
Shu tariqa oʻyin 1:1 hisobi bilan yakunlandi. Ushbu natijadan soʻng, “Real Madrid” jamoasi peshqadam “Barselona”dan 6 ochkoga ortda qolmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring