Rasmlarga qayta ishlov berib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan bolakay qoʻlga olindi

08:20 02 Yanvar 2024 Jamiyat
428 0

Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanida yashovchi 29 yoshli (ayol) S.F. murojaat qilib, oʻzining uyatli foto hamda video tasvirlari nomaʼlum shaxs tomonidan “Telegram” messenjerida tarqatib yuborganligini maʼlum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent shahri, Chilonzor tumanida yashovchi 17 yoshli Z.S. sodir etganligi aniqlandi.

Unga koʻra, Z.S. “Telegram” messenjerida jabrlanuvchi (ayol) S.F.ning profilidan u joylashtirgan fotosuratlarini yuklab olib, ularga maxsus dasturlardan foydalanib ishlov berib, tarqatib yuborganligi maʼlum boʻldi.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 141/3-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, Z.S.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 141/3-moddasi 2-qismi “v” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер