Rasman: Oʻzbekiston terma jamoasining JCHdagi barcha raqiblari aniq boʻldi
Bugun, 1-aprel kuni Jahon chempionati saralashining qitʼalararo pley-off oʻyinlari davom ettirildi. Kun doirasidagi bahsda Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi Yamayka termasi bilan kuch sinashdi.
Meksikaning Gvadalaxara shahrida oʻtgan bahs Afrika vakilining 1:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Shundan soʻng gʻolib nomi qoʻshimcha boʻlimlarda aniqlandi.
Ekstra taymlarning 10-daqiqasi oʻtib borayotgan bir paytda Kongo terma jamoasining asosiy himoyachisi Aksel Tuanzebe hisobni ochdi. Ushbu gol oʻyinda yagona boʻlib qoldi va Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi oʻz tarixida ikkinchi marotaba mundial yoʻllanmasiga ega chiqdi.
Eslatib oʻtamiz, Jahon chempionatining 3-turidan oʻrin olgan Oʻzbekiston — Kongo Demokratik Respublikasi oʻyini 28-iyun sanasida boʻlib oʻtadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring