“YandexGo UB” MCHJga raqobat qonunchiligi buzilishi alomatlari bilan ish qoʻzgʻatildi
“Raqobat toʻgʻrisida”gi qonun talablari buzilishi alomatlari bilan “YandexGo UB” MCHJga nisbatan ish qoʻzgʻatildi, deb xabar bermoqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi.
Maʼlum qilinishicha, Raqobat qoʻmitasiga “Uzum Market” MCHJdan murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatda “YandexGo UB” MCHJ tomonidan televideniye hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali Yandex Market boʻyicha reklama roligida “YandexGo UB” MCHJ tomonidan “Uzum Market” MCHJga nisbatan insofsiz raqobat harakatlarini amalga oshirayotganligini hamda uning ishchanlik obroʻsiga putur yetkazayotganligini maʼlum qilib chora koʻrishni soʻragan.
Yuqoridagilarga koʻra, Qoʻmita Maxsus komissiyasi tomonidan “YandexGo UB” MCHJga nisbatan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 21-moddasi talablari buzilishi alomatlari bilan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatilgan.
“Qoʻzgʻatilgan ishni koʻrib chiqish yakunlari yuzasidan qoʻshimcha axborot taqdim etiladi”, — deyiladi qoʻmita xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring