“Raqamli texnologiyalar yoʻnalishida eng yaxshi startap” tanlovi gʻoliblari uchun mukofot miqdori belgilandi

16:43 24 Fevral 2023 Iqtisodiyot
829 0

Foto: Illustrativ foto

Tanlov gʻoliblari quyidagi tartibda aniqlanadi:

— asosiy yoʻnalishlar boʻyicha — jamoatchilik tomonidan maxsus portalda ovoz berish orqali;

— maxsus yoʻnalish boʻyicha — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan.

Tanlov gʻoliblari IT-park direksiyasi tomonidan quyidagi miqdorlarda Markaziy bankning toʻlov amalga oshiriladigan kundagi rasmiy kursi boʻyicha milliy valyuta ekvivalentida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

— tanlovning 5 ta asosiy yoʻnalishlari boʻyicha:

1-oʻrin uchun — 100 000 AQSH dollari;

2-oʻrin uchun — 50 000 AQSH dollari;

3-oʻrin uchun — 30 000 AQSH dollari;

— tanlovning maxsus yoʻnalishi boʻyicha (bitta) — 100 000 AQSH dollari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер