Raqamli platformalar boʻyicha Koreya tajribasi oʻrganilmoqda

15:02 03 Dekabr 2023 Jamiyat
333 0

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat xizmatida HRM platformalarni rivojlantirish maqsadida Koreya Respublikasi Personalni boshqarish vazirligi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi.

Oʻzaro hamkorlik doirasida Koreya Personalni boshqarish vazirligi vakillari hamda e-Saram elektron tizimini ishlab chiqqan ekspertlar ishtirokida dastlabki uchrashuv onlayn tarzda tashkil etildi.

Uchrashuvda e-Saram elektron tizimining ishlab chiqilishi bosqichlari, tizimni butun davlat xizmatiga joriy qilishda yuzaga kelgan muammolar va yechim yoʻllari, tizim iqtisodiy samaradorligini baholash mezonlari boʻyicha batafsil maʼlumot berib oʻtildi.

Shuningdek, tomonlar qoʻshma loyiha ishlab chiqish, Koreya Respublikasi tomonidan grant mablagʻlarini ajratilishi tartibini muhokama qilishdi. Hamkorlikni tizimli ravishda davom ettirishga kelishishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер