"Raqamli avlod qizlari — 2025" mavsumi boshlandi
Ayni damda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan "Renessans" bolalar oromgohida mashg‘ulot jarayonlari boshlab yuborilgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabariga ko‘ra, bu yilgi mavsumda ishtirokchilar 4 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘z startap loyihalar ustida ish olib borishmoqda.
Ma’lumot o‘rnida: "Raqamli avlod qizlari — 2025" da ishtirok etish uchun 5 ming nafardan ortiq qizlar ro‘yxatdan o‘tishdi.
Ular orasidan 120 nafardan ortiqroq qizlar offlayn mashg‘ulotlar uchun saralab olindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring