Ramazon tuhfasi: Termizda yangi masjid ochildi
Davlatimiz rahbari tomonidan 2019-yilda Surxondaryo viloyatiga tashrifida “Sulton Saodat” majmuasi hududida yangi masjid, keng zamonaviy yoʻllar hamda boshqa obyektlar qurilishi loyihasini amalga oshirish belgilangan edi.

“Sulton Saodat” majmuasi hududida yangitdan barpo etilgan muhtasham jome masjidining yangi binosi ochildi.
Marosimda Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari Davron Maxsudov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining oʻrinbosari, Toshkent Islom instituti rektori Muhamadolim Muhamadsidiqov hamda boshqa diniy ulamolar, vohalik moʻmin musulmonlar ishtirok etdi.

Xalqimiz uchun ezgulik va muruvvat, ruhiy poklanish oyi hisoblangan ushbu qutlugʻ kunlarda ulamolar, imom-xatiblar, muhtaram faxriylar, mahalla oqsoqollari va faollari tomonidan yurt tinchligi, xalq farovonligi yoʻlida duolar qilindi.
Shuningdek, bugun viloyatdagi 130 ta jome masjidda Ramazon hayiti namozi oʻqildi.
Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring