Ramazon hayitida Toshkent metrosi qay tartibda ishlaydi?

10:15 27 Mart 2025 Jamiyat
206 0

Ramazon hayiti kunida Toshkentda metro poyezdlari harakati soat 04:00 dan boshlanadi. Bu haqda Metropoliten matbuot xizmati maʼlum qildi.

Bildirilishicha, 30-mart kuni metro poyezdlari harakati odatdagidan 1 soat oldin, yaʼni soat 04:00 dan yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni boshlaydi va poyezdlar harakati intervali shanba kuni uchun belgilangan jadval asosida tashkil etiladi.

Shuningdek, bayram munosabati bilan belgilangan qoʻshimcha dam olish kunida (31-mart) metro poyezdlari intervali yakshanba kuni uchun tasdiqlangan grafik asosida soat 05:00 dan harakatlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер