Ramazon hayiti va Navroʻz umumxalq bayrami mehr-muruvvat, saxovat ayyomi sifatida boʻy koʻrsatmoqda

19:55 18 Mart 2026 Jamiyat
104 0

Bu yilgi Ramazon hayiti Navroʻz umumxalq bayrami bilan birga kelayotgani bois ham oʻzining oʻlmas qadriyatlari bilan asrlar osha ezgulikka, yaxshilikka xizmat qilib kelayotgan mehr-muruvvat, saxovat ayyomi sifatida yana bir bor boʻy koʻrsatmoqda.

Joylarda kam taʼminlangan oilalar holidan xabar olish, nogironligi boʻlgan fuqarolarga koʻmak berish kabi ezgu ishlar tizimli ravishda olib borilyapti.

Mahallalardagi obodlik, koʻchalarning tozalanishi barobarida tadbirkorlar tomonidan koʻplab bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Yurtimizdagi bunday oʻzgarishlar, islohotlar odamlar hayotida yorqin iz qoldiryapti. Shu bois bu jarayonlarga har kim oʻz hissasini qoʻshishga harakat qilmoqda.

Shunday muborak kunlarda bulungʻurlik sobiq oʻquvchilar oʻziga xos tashabbusni ilgari surishdi. Gap shundaki, tumanidagi 39-umumiy oʻrta taʼlim maktabining sobiq bitiruvchilari va bir guruh homiylar ushbu qutlugʻ kunlarda oʻzlari taʼlim olgan ziyo maskaniga 16 dona kompyuter jamlanmasi hamda 2 dona koʻp funksiyali printer taqdim etishdi.

Tashkilotchilar bu ezgu ishni maktabda oʻqiyotgan yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalarini puxta oʻrganishlari uchun amalga oshirganliklarini taʼkidlashmoqda. Bu kabi ezgu tashabbuslarni barchaga oʻrnak qilib koʻrsatsa arziydi.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер