“Rahbar kubogi” musobaqasining gʻoliblari aniqlandi
Joriy yilning 27-sentyabr — 5-oktyabr kunlari Urganch shahar “Yoshlik” sport majmuasida mini-futbol boʻyicha boʻlib oʻtgan “Rahbar kubogi” musobaqasining gʻoliblari aniqlandi.
Rahbarlar oʻrtasidagi bellashuvlarda Xorazm viloyati yoshlar siyosati va sport boshqarmasi Yangibozor tumani 2-son sport maktabini 6:1 hisobda magʻlub etib mutlaq “Rahbar kubogi”ga egalik qildi.
2-oʻrin Yangibozor tumani 2-son sport maktabiga nasib etdi. 3-oʻrin uchun kechgan bahsda Sport oʻyinlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi Gurlan tuman sport maktabi ustidan gʻalabaga erishdi.
Rahbarlar oʻrtasida:
1-oʻrin Xorazm viloyati yoshlar siyosati va sport boshqarmasi
2-oʻrin Yangibozor tumani 2-son sport maktabi
3-oʻrin Sport oʻyinlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi
Trenerlar oʻrtasida:
1-oʻrin Sport oʻyinlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi
2-oʻrin Xiva shahar sport maktab
3-oʻrin Yangiariq tuman sport maktabi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring