Quyosh panellari joy tanlamaydi

14:53 10 Aprel 2026 Jamiyat
192 0

Quyosh panellari joy tanlamaydi. Oftob nuri muntazam tushadigan, soyasiz joy borki, ushbu yashil energiya vositasini oʻrnatsa boʻladi. Shu bois, bugungi kunda har jihatdan foydali bu energiya manbaini faqat tomlarda emas, simyogʻochlarda, dalalarda va boshqa joylarda ham uchratish mumkin. Shuningdek, ular avtoturargohlar uchun tom oʻrnini ham bosyapti. Yaqinda Guliston shahridagi “Doʻstlik” kanali qirgʻogʻida ham ana shunday quyosh panellari paydo boʻldi.

Sirdaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan kanal sohiliga oftob taftidan tok hosil qiluvchi oʻnlab uskunalar oʻrnatildi. Natijada qirgʻoqboʻyidagi soʻlim xiyobonlarni yoritadigan fonuslarni uzluksiz elektr bilan taʼminlash bilan birga ortiqchasini umumiy elektr tarmogʻiga uzatish imkoni ham paydo boʻldi.

Aytish lozimki, ayni paytda Guliston shahri markaziy koʻchalariga ham quyosh panellari oʻrnatilish boshlandi. Maʼlum qilinishicha, koʻchalarni yoritishga dastlabki bosqichda 1200 ta quyosh paneli oʻrnatish moʻljallangan.

Ahmadali ShERNAZAROV, Xalq soʻzi”​​​​​​​.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер