Quyosh panellari — uzluksiz taʼminot va sof daromad manbai

18:41 07 Avgust 2023 Jamiyat
603 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Shu kunlarda respublikamizda elektr energiyasi bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etishda taʼminotning muqobil turidan foydalanishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, quyosh panellarini oʻrnatish orqali elektr energiyasi bilan bogʻlik yuzaga kelgan oʻtkir muammolarga barham berish mumkin.

— Institutimizda anʼanaviy elektr energiyasidan foydalanishda bir yillik sarf-xarajatimiz 500 million soʻmni tashkil etayotgandi,—deydi Andijon davlat chet tillari instituti rektori Dilshodbek Rustamov. –Joriy yilning boshida 240 kilovatt/soat muqobil energiya ishlab chiqaruvchi quyosh panellarini oʻrnatdik. Buning natijasida yil yakuniga qadar 300 million soʻm mablagʻ tejashni rejalashtirganmiz. Qolaversa, institut xodimlari orasida ixtiyoriy ravishda “Quyoshli xonadon” loyihasi ishga tushirilgan boʻlib, unda har bir oila xonadoniga 3 kilovatt/soatdan 5 kilovatt/soatgacha quvvatga ega boʻlgan quyosh panellari oʻrnatildi. Afzallik jihatlari maqtasa arzigulik: uzluksiz taʼminot, xavfsiz harakat, ekologik xatarsiz va oyiga 150-200 ming soʻm sof daromad. Zero, isteʼmoldan ortgan har kilovvat energiyani 1000 soʻmdan sotish imkoni mavjud.

Shu oʻrinda aytish joiz, bu yil Andijon viloyatida 7460 ta obyektga quyosh panellari oʻrnatilishi rejalashtirilgan boʻlib, hozirgacha 5981 ta obyekt 19 ming 800 kilovatt quvvatga ega panellarga ega boʻldi. Albatta, bu omillar yaqinlashib kelayotgan kuz-qish mavsumida elektr energiyasi taʼminotidagi uzilishlarning oldini olishda qoʻl keladi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер