Quyosh panellari: ham energiya, ham daromad
Ahmadali SHERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Sirdaryo viloyatida quyosh panellari oʻrnatib, elektr energiyasiga boʻlgan oʻz ehtiyojini qoplagan holda ortiqchasini davlatga sotib foyda koʻrayotgan korxona va xonadon egalari koʻpaymoqda.

Oqoltin tumanida joylashgan “Navroʻz qut barakasi” MCHJ tomonidan korxonaga qarashli baliqchilik xoʻjaligi hududida umumiy quvvati 320 kVt. boʻlgan quyosh panellari oʻrnatildi va joriy yilning yanvar oyida ishga tushirildi. Mazkur uskunalar orqali oyiga oʻrtacha 70 MVt/soat, bir yilda 900 MVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish kutilyapti. Korxona ehtiyojidan ortgan tokni davlatga sotish evaziga esa yiliga 600 mln. soʻm miqdorida foyda olish moʻljallangan.

— Har tomonlama maqbul va foydali quyosh panellari oʻrnatish aholi oʻrtasida ham tez ommalashmoqda, — deydi Sirdaryo viloyat bojxona boshqarmasi masʼul xodimi, bojxona xizmati podpolkovnigi Alisher Gʻafforov. — Bundan tashqari, hozirda 934 ta tadbirkorlik subyekti, 456 ta ijtimoiy soha muassasasi ayni mana shu manbadan olinayotgan elektr energiyasidan foydalanyapti.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring