Quvasoylik 35 nafar yigit-qiz ishli boʻldi

18:36 21 Dekabr 2023 Jamiyat
588 0

Foto: "Xalq soʻzi"

Quvasoy shahridagi “Doʻstlik” MFY hududida joylashgan madaniyat uyida mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlariga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi shahar boʻlimi rahbari Bekzod Fozilov davlatimiz rahbari tashabbusi bilan kelajak vorislariga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik va uning amaliy samarasi quvasoylik yoshlar hayotida oʻz aksini topayotganini aniq misollar bilan tahlil qilib berdi.

Taʼkidlanganidek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan quvasoylik 609 nafar yangi avlod vakillarini har jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻtgan davr mobaynida “Yoshlar daftari” jamgʻarmasidan 1 mlrd. 408 mln. soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi.

Oʻz navbatida tadbir davomida shahardagi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 35 nafar yigit-qiz bandligini taʼminlash maqsadida “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya asosida kompyuter jihozlari, tikuv mashinalari, pishiriq pechlari hamda mehnat qurollari topshirildi.

— Bugun tengdoshlarim qatorida menga ham tikuv mashinasi berildi, — deydi Gulsanam Salomova. — Endi tikuvchilik boʻyicha qisqa kursda oʻqib, tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyishni maqsad qilganman. Kelajakda oilaviy tadbirkorlik orqali oʻz biznesimni yoʻlga qoʻyaman.

Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер