Quvasoyda yangi va zamonaviy koʻprik foydalanishga topshirildi

18:00 19 Dekabr 2023 Jamiyat
571 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Fargʻona viloyatining sanoatchilar shahri — Quvasoyning “Huvaydo” MFY hududida joylashgan koʻprik eski va taʼmirtalab ahvolda ekanligi bois ushbu holat hudud aholisining haqli eʼtirozlariga sabab boʻlib kelayotgan edi.

Davlatimiz rahbarining 2022-yil 30-dekabrdagi “2023-2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida mazkur obyektda kapital taʼmirlash ishlari olib borildi. Oʻtgan qisqa fursat mobaynida “Quvasoy–Polmon” avtomobil yoʻlida joylashgan koʻprik zamonaviy mezonlar asosida taʼmirlandi va foydalanishga topshirildi.

— Loyihaga koʻra 2,4 mlrd. soʻm mablagʻ hisobiga uzunligi 18 metr, eni 15 metr boʻlgan koʻprikning har ikki tomonida piyodalar uchun yoʻlaklar barpo etildi, — deydi Quvasoy shahar hokimi oʻrinbosari Shuhrat Tursunbov. — Maʼlumotlarga qaraganda, ushbu koʻprik oʻtgan asrning 60-yillari oxirlarida qurilgan boʻlib, bugungi davr talabiga javob bermay qolgandi. Shu tariqa koʻprikda avtomashina va piyodalarga sifatli xizmat koʻrsatish imkoniyati yaratildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda duoga qoʻl ochilib, yurt tinchligi va farovonligi yoʻlidagi ezgu ishlar bardavom boʻlishi uchun niyat qilindi.

Botir MADIYOROV, Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер