Quvasoyda ikki tup tol daraxtini kestirgani uchun mahalla raisi jarimaga tortildi

18:31 23 Noyabr 2023 Jamiyat
305 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 79-moddasida daraxtlarni, butalarni, boshqa oʻsimliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yoʻq qilish yoki boshqa joyga koʻchirib oʻtkazish uchun javobgarlik belgilangan.

Fargʻona viloyat prokuraturasi, viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi hamda Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida olib borilgan reyd tadbirlarida Quvasoy shahrining “Choʻlpon” MFYda yashovchi Tojixon Doniyorovaning uyi oldidagi ikki tup tol daraxtini oʻzboshimchalik bilan kesilgani aniqlandi. Maʼlum boʻlishicha, daraxtlarni kesishga mahalla raisi Solijon Qoʻziyev qonunga xilof ravishda rozilik berib yuborgan.

— Natijada MFY raisining xatti-harakatiga huquqiy baho berilib, u bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida jarimaga tortildi, — deydi Milliy gvardiyaning Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Shavkat Akbarov. — Oʻz navbatida oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori 11 million soʻmni tashkil etdi.

Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер