Quvasoy shahrida “Mening yoʻlim” loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda

13:28 08 Oktyabr 2023 Jamiyat
699 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Fargʻona viloyatining sanoatchilar shahri — Quvasoyda joriy yilning oʻtgan davrida 15 kilometrdan ziyod ichki yoʻllarda asfalt yotqizish ishlari bajarildi.

Foto: “Xalq soʻzi”

Xususan, shaharning “Namuna” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi 2,8 kilometr ichki yoʻllar “Mening yoʻlim” loyihasi doirasida kaftdek tekis boʻldi. Shu bois, endilikda Aziztepa, Ibrat hamda Barkamol koʻchalaridagi ravon yoʻllar aholiga koʻtarinki kayfiyat bagʻishlamoqda.

— Qariyb chorak asrdan buyon yozda chang-toʻzon, qishda loy boʻlgan koʻchalarimizning bugungi holatini koʻrib, barchaning havasi kelyapti, — deydi mahalla faoli Ikromjon Karimov. — Chunki bunday obodlik uzoq yillar davomida qoʻl yetmas orzu edi. Yangi va ravon yoʻl mahalladoshlarimizning mushkulini oson, uzogʻini yaqin qilmoqda.      

Foto: “Xalq soʻzi”

Aytish oʻrinli, joriy yilda Quvasoy shahrida “Mening yoʻlim” va “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida keng miqyosda yoʻllarni taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер