Quvaning zamonaviy qiyofasi

09:24 26 Mart 2021 Jamiyat
1932 0

Quva tumani Fargʻona vodiysining eng obod va fayzli maskanlaridan boʻlib, tuman ahli dehqonchilik va tadbirkorlik sohasida butun mamlakatimizda mashhur.

Quva anori, gilosi, qandolatchilik mahsulotlari, mebelini nafaqat mamlakatimiz, uzoq-yaqin xorij davlatlarida ham juda yaxshi bilishadi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida tumanda tadbirkorlik, sanoat, qishloq xoʻjaligi, ishlab chiqarish tarmoqlari jadal rivojlanib bormoqda.

— 2021-yilda 260 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qiluvchi tumanimizda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida keng koʻlamli qurilish-bunyodkorlik ishlari amalga oshirilishiga kirishildi, — deydi Quva tumani hokimi Halimjon Umarov. — Bu tumanda Yangi Oʻzbekistonning Yangi tarixiga monand hayotbaxsh islohotlar samarasidan keksayu yosh birdek bahramand boʻlib yashashidan dalolat beradi.

Botir Madiyorov,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер