Qurolli Kuchlar tizimida “Maʼnaviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanlovi oʻtkaziladi
Joriy yilning 7-aprel kuni Prezidentning “Qurolli Kuchlar tizimida respublika kitobxonlik tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–128-son qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2026-yildan boshlab har yili quyidagilar oʻrtasida alohida-alohida “Maʼnaviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanlovi 4 bosqichda oʻtkaziladi:
• muddatli harbiy xizmatchilar;
• kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar;
• oliy harbiy va oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasalari kursantlari (kursantlar);
• harbiy-akademik litseylar oʻquvchilari (oʻquvchilar).
Kitobxonlik tanlovining respublika bosqichida vazirlik va idoralarning muddatli harbiy xizmatchilari, kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilari, kursantlari hamda oʻquvchilari orasidan:
1-oʻrinni egallagan 4 nafar gʻolibning har biri Oliy Bosh qoʻmondonning bosh sovrini – elektromobil hamda diplom bilan taqdirlanadi;
2-oʻrinni egallagan 4 nafar sovrindorning har biri BHMning 100 barobari miqdorida biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti hamda diplom bilan taqdirlanadi;
3-oʻrinni egallagan jami 4 nafar sovrindorning har biri BHMning 70 barobari miqdorida biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti hamda diplom bilan taqdirlanadi.
Kitobxonlik tanlovining respublika bosqichida 1-, 2- va 3-oʻrinlarni egallagan muddatli harbiy xizmatchilarning xizmat muddati ragʻbatlantirish tariqasida 1 oyga qisqartiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring