Qurilishlar avj pallada
Bugun respublikamizning qay bir hududiga qaramang, bunyodkorlik ishlari avj pallada ekanligiga guvoh boʻlasiz. Jumladan, Andijon viloyatining har bir shahar va tumanlari qurilish maydoniga aylangan. Bu esa oʻz oʻrnida xom ashyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatiga turtki boʻlmoqda. Ehtiyojni qondirish maqsadida Xoʻjaobod tumanida bir paytning oʻzida ikkita sement ishlab chiqarish korxonasi barpo etilmoqda.
“GSR Building Materials” MCHJ tomonidan bunyod etilayotgan 50 mln. dollar qiymatidagi loyiha qurilishida 200 nafar ishchilar samarali mehnat qilmoqdalar. Korxonaning dastlabki bosqichi 2021-yilning birinchi choragida ishga tushiriladi.
— “Rash-Milk” MCHJga qarashli ishlab chiqarish korxonasi qurilishi 2022-yildan boshlab toʻla quvvatda ishga tushadi, — deydi Xoʻjaobod tuman hokimligining bandlikka koʻmaklashish markazi mutaxassisi Boburjon Murodaliyev. — Natijada 800 nafar fuqarolar doimiy ish joyiga ega boʻladilar.
Loyiha qiymati 110 mln. dollardan iborat mazkur korxona oʻz faoliyatini boshlagach, bir yilda 1 mln. tonna sement ishlab chiqariladi.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring