Qurilish materiallari sanoati boʻyicha 13 ta innovatsion loyihaga qariyb 17 mlrd. soʻmga yaqin mablagʻ ajratilgan
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov maʼlum qildi.
Joriy yilning 9 oylik davrida 8 ta innovatsion texnologiya tijoratlashtirilib ishlab chiqarishga joriy etildi.
Shu bilan birga, “taʼlim-fan-ishlab chiqarish” tizimi boʻyicha uyushma Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Fanlar akademiyasi tizimidagi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari va Innovatsion rivojlanish agentligi bilan ilm-fan yutuqlariga asoslangan jami 17 ta innovatsion qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonasi amaliyotiga joriy etildi.
“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan hamkorlikda 28 ta Davlat standart loyihalari ishlab chiqildi va tasdiq uchun kiritildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring