Qumqoʻrgʻonlik paxtakorlar belgilangan sharnomaviy rejani mamlakatda birinchi boʻlib bajardi

22:06 27 Sentyabr 2021 Iqtisodiyot
1261 0

Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumanidagi “Termiz-Jayhun” klasteri hamda 133 ta fermer xoʻjaligi tomonidan 7 ming 952 gektar maydonda “Besh qahramon”, “Buxoro-102”, “S6585” kabi gʻoʻzaning tezpishar va serhosil navlari ekilib, parvarish qilindi. Oʻz vaqtida amalga oshirilgan sifatli agrotexnik tadbirlar natijasida barakali hosil yetishirildi. Paxta yigʻim-terimini uyushqoqlik bilan amalga oshirish uchun 134 ta terim otryadi tashkil etilib, 24 800 dan ziyod terimchilar jalb qilindi. Shunday qilib, qumqoʻrgʻonliklar belgilangan sharnomaviy rejani mamlakatimizda birinchi boʻlib uddaladilar.

Eʼtiborli jihati, endilikda viloyatda yetishtirilgan paxta xom ashyosi yuz foiz shu yerning oʻzida qayta ishlanmoqda. Tayyor mahsulotning katta qismi xorijga eksport qilinishini hisobga olsak, bu yaxshigina daromad deganidir.

Ilhom RAHMATOV, “Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер