Qumqoʻrgʻonda un mahsulotlari ishlab chiqarish zavodi ishga tushdi

11:02 13 Dekabr 2021 Iqtisodiyot
2090 0

Qumqoʻrgʻon tumani Azlarsoy mahallasida bundan 1,5 yil avval tashlandiq boʻlib yotgan joyda bugun yirik loyiha boʻy koʻrsatdi.

Yangi un mahsulotlari ishlab chiqarish zavodi foydalanishga topshirildi.

“Biznes kapital” MCHJ tomonidan Turkiya davlatidan olib kelingan, zamonaviy un mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasining yillik ishlab chiqarish quvvati 15 ming tonna.

Jami 0,85 gektar yer maydonida amalga oshirilgan loyihaning umumiy qiymati 15 mlrd. 704 mln. soʻm. Shundan 4 mlrd. soʻmi tadbirkorning oʻz mablagʻi boʻlsa, tijorat bankining xorijiy kredit liniyasi hisobidan qolgan 1 mln. 64 ming yevro qoplandi.

Mazkur zavodda asosan “Yoshlar daftarlari”ga kiritilgan 60 nafardan ortiq yoshlar ish bilan taʼminlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер