Qozon federal universitetida 50 nafar namanganlik talaba tahsilni muvaffaqiyatli tamomladi

13:40 26 Iyun 2022 Jamiyat
1027 0

Foto: Xalq so‘zi

Bundan ikki yil avval Namangan muhandislik qurilish instituti va Tataristonning Qozon federal universiteti oʻrtasida tuzilgan qoʻshma taʼlim dasturi doirasida ilk bitiruvchilar tahsilni nihoyasiga yetkazdilar. Universitet filiali — Naberejniye Chelni institutida yuqoridagi dastur boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtgan 50 nafar talabaga mutaxassislik diplomlari tantanali surʼatda topshirildi.

Onlayn va oflayn formatda oʻtgan tadbirda ikki oliy oʻquv yurti rahbarlari, bitiruvchilar va Namangan studiyasida Namangan muhandislik qurilish instituti jamoatchiligi hamda talabalarning ota-onalari ishtirok etdi.

— Bu institutimizning xalqaro miqyosda talabalar tayyorlash boʻyicha amalga oshirayotgan ishlarining dastlabki natijasi, — deydi NamMQI media markazi rahbari Azizbek Abduvaliyev. — Ayni paytda yana ikki xorijiy OTM — Belarus milliy texnika universiteti va Janubiy Ural davlat universitetida talabalarimiz qoʻshma dastur asosida oʻqishyapti. Yaqin vaqt orasida Hindistondagi hamkasblar bilan birgalikda talabalarni oʻqitish boʻyicha shartnoma kuchga kiradi.

 

Qudratilla NAJMIDDINOV.  “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер