Qozogʻistonning yana 6 shahri karantinga olindi

08:46 30 Mart 2020 Dunyo
931 0

30-mart soat 00:00 dan boshlab Qozogʻistonning olti shahri – Atirau, Qaragʻandi, Temirtau, Shahtinsk, Saran va Abay karantinga olingan. Bu haqda Tengrinews.kz xabar berdi.

Endi ushbu shaharlar aholisining uydan chiqishi cheklandi, faqatgina oziq-ovqat, dori sotib olishi, bank xizmatlaridan foydalanish maqsadida chiqishlariga ruxsat beriladi.

Atirau va Qaragʻandi viloyatidagi aholining 65 yoshdan yuqori fuqarolariga oʻzlarini izolyatsiyaga olishlari zarurligi tavsiya qilindi.

Shuningdek, 30-martdan boshlab Aqtauda alohida rejim joriy qilindi. Bu yerda endi soat 19:00 – 08:00 orasida aholining harakatlanishi, uydan chiqishi va jamoat joylarida toʻplanishi cheklandi.

Avvalroq, Qozogʻistonning ikki yirik shahri – Nur-Sulton va Olmaota karantinga olingan edi. 30-martdan bu shaharlarda ham qoʻshimcha chora-tadbirlar kiritiladi.

30-mart soat 08:00 holatiga koʻra, Qozogʻistonda 284 kishi koronavirusga chalingan. Shundan 167 tasi poytaxt Nur-Sultonda boʻlsa, 70 tasi Olmaotada aniqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер