Qozogʻistonda sodir boʻlgan dahshatli YTHda 51 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻldi. Bu haqda mahalliy “Ақ Жайык” nashri xabar berdi.
Manbaga koʻra, joriy yilning 15-iyun kuni soat 06:30 larda Qozogʻiston hududidan oʻtgan Atirau-Dossor trassasida 3 ta avtomobil ishtirokida odam oʻlimi bilan bogʻliq yirik YTH sodir boʻlgan.
Atirau viloyati politsiya departamenti xabariga koʻra, hodisa KamAZ, PAZ va “Nexia-1” avtomashinalari ishtirokida yuz bergan.
“Hodisada “Nexia-1” haydovchisi boʻlgan 1973-yilda tugʻilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida halok boʻlgan”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring