Qozogʻistonda referendum oʻtkazilishi eʼlon qilindi
Foto: Illustrativ foto
Qozogʻiston Respublikasi prezidenti Q.Toqayev respublika Konstitutsiyasiga oʻzgartirish kiritish boʻyicha referendum oʻtkazilishini eʼlon qildi.
Qozogʻistonda umummilliy referendum 2-marta oʻtkazilgan. Har ikkala referendum ham 1995-yil boʻlib oʻtgan. Aprel oyidagi referendum Qozogʻiston Respublikasining birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning prezidentlik muddatini uzaytirish boʻyicha, ikkinchi referendum avgust oyida Qozogʻiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasini qabul qilish boʻyicha oʻtkazilgan.
Qozogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 ta moddasiga oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan qonun loyihasi tayyorlanganligi maʼlum qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring