Qozogʻistonda koronavirusning yangi shtammi aniqlandi
Arxiv surat
Qozogʻistonda koronavirusning yangi “Eta” shtammi aniqlandi.
Qozogʻiston sogʻliqni saqlash vazirligi xabariga koʻra, bu joriy yilning iyul-avgust oylarida koronavirus bilan ogʻrigan bemorlardan olingan natijalardan laboratoriya tekshiruvi oʻtkazilganda maʼlum boʻlgan.
Dunyo boʻyicha, uning paydo boʻlishi 2020-yil dekabrda Nigeriya va Buyuk Britaniyada qayd etilgan edi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotlariga koʻra, 2021-yil 15-sentyabr holatiga koʻra, “Eta” shtammi dunyoning 77 mamlakatida qayd etilgan. Bu shtamm kuzatilgan hollarda bemorda yuqori isitma, yoʻtal, hid va taʼm yoʻqolishi kabi jarayonlar kuzatiladi.
Shu munosabat bilan fuqarolar oʻz, yaqinlari va qarindoshlari sogʻligʻiga eʼtiborli boʻlish uqtirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring