Qozogʻistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 150 nafarga yetdi
Qozogʻistonda oʻtgan bir sutkada yana 465 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.
Mamlakat boʻylab kasallar sonining ortishi 2,4 foizni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalinish boʻyicha:
Nur-Sulton — 67 (1,9 foiz);
Sharqiy Qozogʻiston viloyati — 54 (9,7 foiz);
Qaragʻanda viloyati — 46 (2,3 foiz);
Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati — 38 (3 foiz);
Chimkent shahri — 36 (2,5 foiz);
Kostanay viloyati — 25 (6,3 foiz);
Pavlodar viloyati — 25 (4,4 foiz);
Atirau viloyati — 24 (1,5 foiz);
Aqmoʻla viloyati — 23 (5,9 foiz);
Aqtoʻbe viloyati — 23 (3,3 foiz);
Turkiston viloyati — 20 (2,9 foiz);
Olmaota shahri — 19 (0,5 foiz);
Qiziloʻrda viloyati — 19 (3,2 foiz);
Olmaota viloyati — 15 (2,4 foiz);
Shimoliy Qozogʻiston viloyati — 15 (5,2 foiz);
Jambil viloyati — 10 (1,6 foiz);
Mangʻistov viloyati — 6 (1,3 foiz).
Butun mamlakat boʻylab koronavirusga chalinganlar soni 19 750 kishiga yetgan. Hozirga qadar 12 548 kishi sogʻaygan, 150 kishi virus qurboniga aylangan.
Shuningdek, 13 560 kishi koronavirusni belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan.
Qozogʻistonda bugun yana 84 kishi koronavirusdan davolanib chiqdi, 3 kishi vafot etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring