Qozogʻistonda koronavirus yuqtirganlar soni 70 mingdan oshdi
Kecha Qozogʻistonda koronavirus bilan kasallanishning 1636 ta holati qayd etildi, deb xabar berdi coronavirus2020.kz
Soʻnggi kunda Qozogʻistonda 1636 kishi koronavirus yuqtirgan. Ulardan 728 kishi klinik belgilarsiz tashuvchilar sifatida roʻyxatga olingan. Hududlar boʻyicha (umumiy / simptomsiz):
Nur-Sulton shahri - 258/90
Almati shahri - 220/63
Chimkent shahri - 47/33
Aqmola viloyati - 50/27
Aqtoʻbe viloyati - 23/11
Almati viloyati - 78/52
Atirau viloyati - 184/129
Sharqiy Qozogʻiston viloyati - 133/60
Jambil viloyati - 121/43
Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati - 103/58
Qaragʻandi viloyati - 118/41
Qostanay viloyati - 55/31
Qiziloʻrda viloyati - 49/9
Mangʻistau viloyati - 2/2
Pavlodar viloyati - 92/45
Shimoliy Qozogʻiston viloyati - 63/15
Turkiston viloyati - 40/19
Ayni paytda mamlakatdagi bemorlarning umumiy soni 70 339 nafarni tashkil qilmoqda. 43029 nafar bemor virusdan sogʻaygan boʻlsa, 375 nafari vafot etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring